add

Maktab o‘quvchilariga «repetitor» uchun davlat tomonidan subsidiya joriy etildi

Hukumat qaroriga asosan, kambag‘al oilalar farzandlari maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’limga ixtiyoriy ravishda jalb etiladi va xarajatlarning katta qismi davlat tomonidan qoplanadi.

Maktab o‘quvchilariga «repetitor» uchun davlat tomonidan subsidiya joriy etildi
2025 yil 14 iyunda Vazirlar Mahkamasining 365-sonli qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’limga jalb qilish tartibi tasdiqlandi. Mazkur qarorga ko‘ra, kambag‘al oilalar reyestrida turgan oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb etiladi. Bunda ta’lim xarajatlarining 80 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi, qolgan 20 foizini esa ota-onalar to‘laydi. O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida qatnashadi. Ularning ota-onalari bilan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar YAIDXP (my.gov.uz) orqali rasmiylashtiriladi. Har bir to‘garak uchun 1 nafar o‘quvchiga 1 oylik to‘lov belgilangan limitdan oshmasligi lozim: 7−11 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsdan keyingi guruhlarda — BHMning 1 baravari, 12−18 yoshdagilar uchun umumta’lim va chet tillari bo‘yicha — BHMning 2 baravari, axborot texnologiyalari va kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun esa — BHMning 4 baravarigacha. Bu qaror orqali ta’limda teng imkoniyatlar yaratish hamda o‘quvchilarning salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi mexanizm yo‘lga qo‘yildi.

Teglar

Mavzuga oid

Maktab o‘quvchilariga «repetitor» uchun davlat tomonidan subsidiya joriy etildi | Vaqt.uz