add

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta quruqlik porti qurmoqchi

Andijon viloyati, Termez shahri hamda Olot tumanida quruqlik portlarini qurish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta quruqlik porti qurmoqchi
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida quruqlik portlarini qurishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev va ushbu mamlakatning Mutiara Perlis S Bhd kompaniyasi direktorlar kengashi ijrochi raisi Shabaruddin Ibraxim o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qildi. «Dunyo» AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda Andijon viloyatida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi yaqinida, Termez shahrida hamda Olot tumanida quruqlik portlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Qayd etilishicha, mazkur loyihani amalga oshirishda kompaniya tajribasi hamda O‘zbekistonning Sharq va G‘arb, Shimol va Janub mintaqalari o‘rtasidagi tranzit salohiyati inobatga olinadi. Shabaruddin Ibraxim Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining ahamiyatidan kelib chiqib, yaqin kelajakda Andijonda quruqlik portini qurish taklifiga jiddiy qiziqish bildirgan. Tadbirkor mazkur loyiha taklifini o‘zbek tomoni bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ular O‘zbekistonni Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi bilan bog‘laydigan transport yo‘laklarini takomillashtirish va yangi transport yo‘nalishlarini ochish istiqbollariga ham to‘xtalgan. Jumladan, O‘zbekistonni Xitoy bilan bog‘laydigan Qashqar-Torug‘art-Makmal-Jalolobod-Andijon yo‘nalishida yangi temir yo‘li qurilishi va Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan Transafg‘on xalqaro temir yo‘li loyihasining mintaqa tashqi savdo aylanmasiga ijobiy ta’siri yuzasidan fikr almashilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta quruqlik porti qurmoqchi | Vaqt.uz