Logo

Manba: Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi

Kecha 19:311 daqiqa

U mazkur lavozimda 2022 yildan buyon faoliyat yuritayotgandi.

Manba: Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Vaqt.uz'ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi ma’lum qildi.

Mirzamahmudov mazkur lavozimga 2022 yil 29-sentabr kuni tayinlangandi. Bunga qadar esa — 2020 yildan 2022 yilgacha «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

U 1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda AQSHning Alabama universitetini, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 121

Barchasi

Mavzuga oid