Logo

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizda o‘zgarishsiz qoldirdi

Kecha 11:171 daqiqa

Markaziy bank inflatsiyaning qisqa muddatli tezlashuviga qaramay, asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Regulyator yil yakuniga inflatsiya 6,5 foiz atrofida bo‘lishini kutmoqda.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizda o‘zgarishsiz qoldirdi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Markaziy bank boshqaruvi 2026-yil 29-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy bank ma’lum qilishicha, 2026-yil iyun oyida umumiy inflatsiya yillik hisobda 6,4 foizga yetgan. Bazaviy inflatsiya esa 5,7 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qolgan.

Regulyatorning baholashicha, joriy yilning iyun oyida energiya resurslari va toshko‘mir narxlarining oshishi ta’sirida umumiy inflatsiya sur’atlarining qisqa muddatli tezlashishi kuzatilgan.

Shu bilan birga, Markaziy bank 2026-yil yakuniga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlarini o‘zgartirmadi. Unga ko‘ra, yil yakunida umumiy inflatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishi, iqtisodiy o‘sish esa 7,5–8 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

Markaziy bank ta’kidlashicha, pul-kredit siyosati inflatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga tushirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholining xarid qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan bo‘lib qoladi.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 16-sentabr kuniga belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid