add

Markaziy Osiyo armiyalari: O‘zbekiston harbiy salohiyat bo‘yicha yetakchi

Bugun 10:582 daqiqa

«Yuksalish» harakati «Global Firepower Index» ma’lumotlariga asoslanib O‘zbekiston armiyasiga oid raqamlarni keltirdi. Mamalkatimiz armiyasi mintaqada yetakchi bo‘lib turibdi.

Markaziy Osiyo armiyalari: O‘zbekiston harbiy salohiyat bo‘yicha yetakchi

Yuksalish harakati «Global Firepower Index» ma’lumotlariga asoslanib, O‘zbekiston armiyasiga oid raqamlarni keltirdi. O‘zbekiston armiyasi mudofaa uchun sarflanayotgan mablag‘, harbiylar zaxirasi va harbiy texnika bo‘yicha mintaqada yetakchilik qilib turibdi.

 

O‘zbekston armiyasi

O‘zbekiston armiyasi «Global Firepower Index–2025» ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy salohiyat bo‘yicha dunyoda 58-o‘ringa joylashtirilgan.

O‘zbekistonning mudofaa byudjeti 2,8 mlrd AQSH dollari miqdorida ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning harbiy xizmatga jalb etilishi mumkin bo‘lgan fuqarolari soni 18 mln 990 ming nafarni tashkil etadi. Hariylashgan tuzilmalar soni 20 mingta.

Shaxsiy tarkib: Umumiy harbiy xizmatchilar soni 68 ming nafar. Ayni paytda safarbar etilgan harbiylar — 48 ming. Quruqlik qo‘shinlari shaxsiy tarkibi — 40 ming. Havo kuchlari shaxsiy tarkibi esa 15 ming nafar.

Harbiy havo kuchlari texnikasi: Harbiy samolyotlar soni — 192 ta. Bundan jangovar qiruvchi samolyotlar — 58 ta, shturmchi samolyotlar — 13 ta. 13 ta transport va 7 ta o‘quv uchoqlari ham bor. Harbiy vertolyotlar soni — 101 ta. Ularning 34 tasi jangovar vertolyotlardir.

Quruqlik qo‘shinlari harbiy texnikasi: Tanklar — 340 ta. O‘ziyurar artilleriya — 147 ta, tortib olib yuriladigan artilleriya — 236 ta.

ozbekiston armiyasi

Qozog‘iston

Harbiy byudjeti — 2,05 mlrd AQSH dollari. «Global Firepower Index–2025» reytingida 57-o‘rinda.

Armiyadagi harbiy askarlar soni 110 ming nafar. Zaxirada 135 ming nafar harbiy bor.

Harbiy samolyotlari soni 133 ta. Ulardan 63 ta qiruvchi, 23 ta shturmchi, 19 ta transport va 26 ta o‘quv samolyotlari bor. Harbiy vertolyotlar soni 26 ta, ulardan 12 tasi zarbdor vertolyotlar hisoblanadi.

Tanklar soni 350 ta, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari 126 ta.

 

Turkmaniston

Harbiy byudjeti 1,08 mlrd AQSH dollari. «Global Firepower Index–2025» reytingida 77-o‘rinda.

Armiyadagi harbiy askarlar soni 36 ming 500 nafar. Zaxiradagi harbiylari soni aniq emas.

Harbiy samolyotlari soni 65 ta. Ulardan 24 ta qiruvchi, 27 ta shturmchi, 5 ta transport va 9 ta o‘quv samolyotlari bor. Harbiy vertolyotlar soni 26 ta, ulardan 10 tasi zarbdor vertolyotlar hisoblanadi.

Tanklar soni 654 ta, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari 73 ta.

 

Qirg‘iziston

Harbiy byudjeti 221,8 mln AQSH dollari. «Global Firepower Index–2025» reytingida 105-o‘rinda.

Armiyadagi harbiy askarlar soni 23 ming nafar. Zaxiradagi harbiylari 300 ming nafar.

Harbiy samolyotlari soni yo‘q. Harbiy vertolyotlar soni 7 ta, ulardan 2 tasi zarbdor vertolyotlar hisoblanadi.

Tanklar soni 215 ta, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari 30 ta.

 

Tojikiston

Harbiy byudjeti 446 mln AQSH dollari. «Global Firepower Index–2025» reytingida 108-o‘rinda.

Armiyadagi harbiy askarlar soni 9,5 ming nafar. Zaxiradagi harbiylari 600 ming nafar.

Harbiy samolyotlari soni 5 ta. 4 ta transport va 1 ta o‘quv samolyotlari bor. Harbiy vertolyotlar soni 20 ta, ulardan 6 tasi zarbdor vertolyotlar hisoblanadi.

Tanklar soni 38 ta, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari 3 ta.

 

Dunyoning TOP-10 armiyasi:

1. AQSH

2. Xitoy

3. Rossiya

4. Hindiston

5. Janubiy Koreya

6. Buyuk Britaniya

7. Fransiya

8. Yaponiya

9. Turkiya

10. Italiya

Teglar

Mavzuga oid