add

Markaziy Osiyo chakana bozori bu yil 100 mlrd dollardan oshadi

28.11.2025 | 20:572091 daqiqa

INFOLine tahlilchilariga ko‘ra, mintaqada ichki talab va savdo infratuzilmasi kengayishi chakana savdoni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Markaziy Osiyo chakana bozori bu yil 100 mlrd dollardan oshadi

Markaziy Osiyodagi chakana savdo bozori 2025 yilda ilk bor 100 milliard dollarlik ko‘rsatkichdan oshib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqdagi ma’lumot INFOLine tadqiqotida ma’lum bo‘ldi.

ы


Tadqiqot mualliflari mintaqada iste’mol bozorlarining barqarorligi va mamlakatlar o‘rtasidagi turlicha o‘sish dinamikasiga e’tibor qaratgan. Unga ko‘ra, istiqbolli o‘sishga asosiy omillar sifatida aholi soni ortishi, ichki talab kengayishi va yirik shaharlarda savdo infratuzilmasi jadal rivojlanishi qayd etilgan.

Tahlilga ko‘ra, kelgusi yilda Qozog‘iston chakana savdo aylanmasi 6,5–7,5 foizga o‘sib, 50,4 milliard dollarga yetshi kutilayapti. O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich 11–13 foiz atrofida bo‘lishi va umumiy hajm 34,5 milliard dollarga chiqishi prognoz qilingan. Qirg‘izistonda esa chakana savdo 10–12 foizga o‘sib, 11,1 milliard dollarga yaqinlashishi taxmin qilinmoqda.

INFOLine asoschisi Ivan Fedyakovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyodagi chakana bozorda sezilarli o‘zgarishlar ketmoqda: yirik savdo tarmoqlari shaharlarda faol kengaymoqda. Lekin onlayn savdo hali to‘liq ochilmagan imkoniyat sifatida turibdi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yillarda Markaziy Osiyoda internet-savdo hajmi har yili 30-50 foizga o‘sadi. Bunday o‘sish brendlarga oflayn tarmoqni rivojlantirishga katta sarmoya kiritmasdan qamrovni kengaytirish va yangi talab segmentlariga kirish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid