add

Mas’ud Pizishkiyon: «Isroil menga suiqasd uyushtirishga urindi»

08.07.2025 | 08:4523893

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyonga ko‘ra, Isroil razvedkasi unga qarshi suiqasd uyushtirgan, ammo urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu haqda u amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mas’ud Pizishkiyon: «Isroil menga suiqasd uyushtirishga urindi»
Taker Karlsonga onlayn intervyu bergan Mas’ud Pizishkiyonga ko‘ra, voqea taxminan bir yarim hafta avval ro‘y bergan. Uning aytishicha, suiqasd u uning ishtirokidagi yig‘ilish paytida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan. Hujum Eron razvedkasi ma’lumotlariga tayanib bartaraf etilganini ta’kidlar ekan, u shunday dedi: «Meni kuzatib turgan josuslar orqali ular biz yig‘ilish o‘tkazayotgan hududga zarba berishni rejalashtirishgan». Eron prezidentining ta’kidlashicha, mazkur suiqasd urinishiga AQSHning hech qanday aloqasi yo‘q. Taker Karlson ushbu suhbatda Pizishkiyondan Tehron AQSH bilan urushga tayyorlanayaptimi, degan savolni ham to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘ragan. U intervyuni tanqid qilishlari mumkinligini tan olgan, ammo amerikaliklar har qanday mojaroda har ikki tomon nuqtayi nazarini bilishga haqli ekanini qayd etgan. Karlson shuningdek, iyun oyidagi Isroilning Eronga qarshi zarbasini «urush akti» deb atagan va unda AQSH ham o‘zini sherik qilib qo‘yganini aytgan. Uning fikricha, izolyatsionist siyosat bu kabi harbiy operatsiyalar bilan mutlaqo uyg‘un emas.

Teglar

Mavzuga oid