May oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Bugun 16:581 daqiqa

2026 yil may oyida O‘zbekistonda bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari sabab o‘zbekistonliklarga bir necha kun uzluksiz dam olish imkoniyati yaratiladi.

May oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

2026 yil may oyida — Xotira va qadrlash kuni hamda Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari ma’lum qilindi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qo‘shimcha dam olish

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yilda 9-may shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli mazkur dam olish kuni 11-may, dushanbaga ko‘chirilgan. Shu tariqa, 9–11-may kunlari ketma-ket dam olish imkoniyati yaratilgan. Bunda besh kunlik ish haftasiga ega xodimlar 3 kun, olti kunlik ishlaydiganlar esa 2 kun dam oladi.

Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha dam olish

Shuningdek, farmonda barcha xodimlar uchun 28-may (payshanba) va 29-may (juma) qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan. Olti kunlik ish haftasida faoliyat yurituvchilar uchun esa 30-may, shanba kuni ham dam olish kuni etib ko‘rsatilgan.

Qurbon hayiti taxminan 27-mayga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar ushbu sana tasdiqlansa, 27-maydan 31-maygacha bo‘lgan davrda ketma-ket 5 kun dam olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid