add

Mers: «Isroil G‘arb dunyosi uchun iflos ishni bajardi»

17.06.2025 | 23:052272

Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini ochiq qo‘llab-quvvatlab, buni “G‘arb dunyosi uchun bajarilgan iflos ish” deb atadi va uni “jasoratli qadam” sifatida baholadi.

Mers: «Isroil G‘arb dunyosi uchun iflos ishni bajardi»
Germaniya siyosiy doirasida Isroilning Eron hududidagi so‘nggi operatsiyalari bo‘yicha keskin fikrlar bildirilmoqda. Nemis kansleri Fridrix Mers ARD telekanaliga bergan intervyusida Isroil tomonidan amalga oshirilgan harakatlarni “iflos ish” deb atadi, biroq bu harakatni qo‘llab-quvvatlashini aniq bayon etdi. «Ha, bu Isroilning u yerda bajargan iflos ishi. Men faqatgina Isroil armiyasi va rahbariyatining buni qilishga jur’at etganiga nisbatan chuqur hurmatimni izhor etishim mumkin», – dedi Mers jurnalist bilan suhbatda. Mers shuningdek, Eronda amalga oshirilgan zarbalar mamlakat ichidagi hokimiyat tuzilmasini o‘zgartirishga olib kelishi mumkinligini bildirdi. «Biz hozir ichki va tashqi terrorga asoslangan rejim bilan munosabatdamiz. Bu tuzumga barham berilsa, yaxshi bo‘lardi», – dedi u intervyu davomida. Mersning ushbu bayonoti Isroilning Erondagi harbiy harakatlari bo‘yicha G‘arb davlatlarining pozitsiyasi yanada aniqlashib borayotganidan dalolat bermoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Mers: «Isroil G‘arb dunyosi uchun iflos ishni bajardi» | Vaqt.uz