add

Meta startapi Scale AI’ga 10 mlrd dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

10.06.2025 | 20:3034093

Amerikaning texnologik giganti Meta sun’iy intellekt sohasidagi Scale AI startapiga 10 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, u xususiy investitsiyalar tarixidagi eng yirik kelishuvlardan biriga aylanadi.

Meta startapi Scale AI’ga 10 mlrd dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda
Bloomberg manbalariga ko‘ra, muzokaralar hali yakuniga yetmagan va shartlar o‘zgarishi mumkin. Meta kompaniyasi va Scale AI vakillari bu haqda rasmiy izoh berishdan bosh tortdi. Scale AI startapi 2016 yilda Aleksandr Van tomonidan asos solingan bo‘lib, u mashinali o‘rganish modellari uchun ma’lumotlar tayyorlash va belgilash xizmatlarini taqdim etadi. 2023 yilda kompaniya 14 mlrd dollarga baholangan, uning yillik daromadi esa 870 mln dollarni tashkil etgan. 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Meta avvallari asosan o‘zining ichki SI loyihalariga e’tibor qaratgan bo‘lsa-da, ushbu investitsiya uning tashqi loyihalarga jiddiy qadam qo‘yayotganini ko‘rsatadi. Hozirda Meta va Scale AI AQSH armiyasi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan Defense Llama nomli maxsus SI modelini ishlab chiqishda hamkorlik qilmoqda. Agar investitsiya amalga oshsa, bu Meta uchun SI sohasidagi eng yirik va strategiyaviy sarmoyalardan biri bo‘ladi. Bu holat korporatsiyaning raqobatbardoshlikni ta’minlash va bozorda ustunlikka erishish maqsadida II texnologiyalariga katta e’tibor qaratayotganini tasdiqlaydi.

Teglar

Mavzuga oid