add

Milliy futbol elektron platformasi ishga tushiriladi

26.08.2025 | 09:307284

2026 yildan futbol akademiyalari va sport maktablarida mashg‘ulotlarni onlayn kuzatish hamda futbolchilar ko‘rsatkichlarini monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

Milliy futbol elektron platformasi ishga tushiriladi
O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish bo‘yicha yangi bosqich boshlanmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yildan «Milliy futbol elektron platformasi» ishga tushirilib, u futbol akademiyalari va sport maktablarini qamrab oladi. 21 avgustda imzolangan prezident qaroriga ko‘ra, platforma doirasida quyidagilar qamrab olinadi: FIFA talablariga muvofiq stadionlardagi audio va videotasvirlarni bir nuqtaga uzatish orqali futbol uchrashuvlarida video yordamchi hakam (VAR) tizimini yanada kengaytirish; Futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn nazorat qilish, futbolchilarning tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish hamda shaffof seleksiya tizimini joriy qilish; Sohada amalga oshiriladigan loyihalarning konsepsiyalari, texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish; Futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida xodim, trener va futbolchilar davomatini yuritish, videokonferensaloqa tizimini tashkil etish. 2026 yil 1 yanvardan boshlab: Futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari bosqichma-bosqich «Milliy futbol elektron platformasi»ga ulanadi; Tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish «Milliy futbol elektron platformasi» orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Milliy futbol markazi huzurida raqamli situatsion markaz tashkil etilib, iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash jarayoni avtomatlashtiriladi. VAR markazi orqali futbol uchrashuvlari markazlashgan holda nazorat qilinadi, axborotlar esa maxsus «DATA futbol» markazida saqlanadi. Yangi tizim 2026 yil 1 dekabrga qadar «Raqamli sog‘liqni saqlashning yagona platformasi»ga integratsiya qilinadi. Loyiha uchun davlat byudjetidan qo‘shimcha 15 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum qilindi.

Teglar

Mavzuga oid