add

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketmoqda
Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3-iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilishi belgilangan. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Prezidenti 4-iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Teglar

Mavzuga oid