add

Mirziyoyev va Shahboz Sharif Transafg‘on temiryo‘lini muhokama qildi

Xonkendidagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida prezident Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar Transafg‘on temir yo‘li, savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi.

Mirziyoyev va Shahboz Sharif Transafg‘on temiryo‘lini muhokama qildi
4 iyul kuni Ozarboyjonning Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Xabar berilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini qabul qilingan «yo‘l xaritasi» asosida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Turli darajalardagi muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini jadallashtirish, shu jumladan Transafg‘on temir yo‘li qurilishini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan. Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan. O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Teglar

Mavzuga oid