add

Moldovada Sandu partiyasi g‘alaba qozondi, ammo mutlaq ustunlik hali noaniq

29.09.2025 | 10:054473

Moldovadagi saylovlarda prezident Mayya Sandu asos solgan «Harakat va birdamlik» partiyasi birinchi o‘rinni egalladi, ammo parlamentda mutlaq ko‘pchilikka ega bo‘lish masalasi hali ochiq qolmoqda.

Moldovada Sandu partiyasi g‘alaba qozondi, ammo mutlaq ustunlik hali noaniq
Moldovadagi parlament saylovlari kutilganidek keskin kechdi. Ovozlarning 90 foizi sanab chiqilganidan keyin prezident Mayya Sandu asos solgan «Harakat va birdamlik» (PAS) partiyasi qariyb 46 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani aniq bo‘ldi. Shu bilan birga, sobiq prezident, rossiyaga moyil Igor Dodonning «Vatanparvarlik bloki» 30 foizdan ancha kam ovoz yig‘ib, hokimiyat partiyasiga jiddiy raqobat qila olmadi. Parlamentga shuningdek, Renato Usatiy rahbarlik qilayotgan «Bizning partiya», «Alternativa» bloki va katta ehtimol bilan 5 foizlik to‘siqdan o‘tgan trampist va unionist-populist Vasiliy Kostyukning «Uy demokratiyasi» partiyasi ham kiradi. Hozirgi hisoblarga ko‘ra, PAS yangi parlamentda 101 mandatdan 50 tasini qo‘lga kiritishi mumkin. Bu raqam mutlaq ko‘pchilik uchun yetarli emas. Biroq diaspora ovozlari hali sanab chiqilmagan, ular orasida Sandu tarafdorlari ancha ko‘pligi aniq. Hozirga kelib, saylov natijasi bo‘yicha asosiy savol shunday: Mayya Sandu partiyasi shunchaki g‘alaba qozonadi yoki to‘liq ustunlikka ham erishadimi? Buning javobi esa faqat oxirgi xorijiy saylov uchastkalaridagi ovozlar sanab chiqilganidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid