add

Mo‘ynoqda nazoratsiz otilgan gaz qudug‘i muvaffaqiyatli «jilovlandi»

26.08.2025 | 12:4017514

Mo‘ynoqdagi 5000 metrlik izlov qudug‘idan katta bosimda otilgan gaz oqimi oradan roppa-rosa 1 oy o‘tib, muvaffaqiyatli tarzda nazoratga olindi. Hodisa paytida hech qanday talafot kuzatilmagan.

Mo‘ynoqda nazoratsiz otilgan gaz qudug‘i muvaffaqiyatli «jilovlandi»
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «O‘zbekneftgaz» AJga tegishli 1-son quduq 4707 metr chuqurlikka yetganda gazning to‘satdan otilishi qayd etilgan. Rasmiy xabarga ko‘ra, vaziyat yuz berganidan so‘ng, oqibatlarni bartaraf etish uchun maxsus tezkor Shtab tashkil qilingan. «Nazoratsiz gaz otilishini bartaraf etish uchun «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan kechayu-kunduz ish olib boruvchi tezkor Shtab tashkil qilinib, tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi ochiq favvoralarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha xarbiylashtirilgan qism, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mas’ul mutasaddi tashkilotlarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy hokimlikning mutaxassislari jalb qilindi», deyiladi «O‘zbekneftgaz» AJning rasmiy xabarida. Shtab tomonidan vaziyatni jilovlashga qaratilgan maxsus «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib, amaliy choralar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etildi. Bunda xalqaro tajribaga ega hamkor kompaniyalar, yuqori malakali mutaxassislar va zamonaviy texnikalar faol ishtirok etdi. Bir necha kun davom etgan mashaqqatli ishlar natijasida quduq muvaffaqiyatli tarzda nazoratga olindi. Hodisa davomida hech qanday baxtsiz hodisalar, inson tan jarohati yoki zararlanish holatlari qayd etilmadi. Murakkab sharoitlardagi olovli quduqda ishlagan 200 nafar mutaxassisga «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilgan. Endi quduqni xavfsiz ekspluatatsiya qilish borasida tekshirish ishlari va tegishli texnologiya jarayonlar o‘tkaziladi. Shundan keyin quduqni ishlatishga tayyorgarlik ko‘riladi. Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Mo‘ynoq tumanidagi «Uchsoy» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikda gaz otilib chiqqani haqida xabar bergan edik. Quduq 5000 metrga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerdagi ilk burg‘ilash ishlari olib borilyotgan edi. Gazning atmosferaga chiqishi kuchli bosim tufayli ro‘y bergan. Energetika vazirligi mazkur quduq aholi yashash hududidan ancha uzoqda joylashgan va undan chiqqan gaz tarkibida inson salomatligiga zararli moddalar, jumladan, oltingugurt yo‘ligi, bu – Ustyurt mintaqasidagi barcha konlarga xos xususiyat sanalishini aytgan edi.

Teglar

Mavzuga oid