NATO o‘z xatosini anglab yetdi

16.02.2026 | 22:302 daqiqa

Alyansning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg 2014 yilda yo‘l qo‘yilgan «eng katta xato» haqida ochiq gapirdi.

NATO o‘z xatosini anglab yetdi

NATO Ukrainani 2014 yildan boshlab qurollantirmasdan xato qilgan. Bu haqda alyansning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg bugun, 16-fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida DW telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kechikkan yordam va strategik xato

«NATO ittifoqchilari Ukrainaga misli ko‘rilmagan darajada yordam ko‘rsatishdi. Biroq eng katta xato — ko‘proq yordamni ertaroq taqdim etmaganimizda bo‘ldi. Biz buni 2014 yildayoq boshlashimiz kerak edi.

Agar biz o‘shanda shunday qilganimizda, menimcha, ukrainaliklar hozirgi kunda o‘z hududlarining ko‘proq qismini nazorat qilayotgan bo‘lishardi. Balki 2014 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ularni qurollantirib, o‘qitganimizda, Rossiya bilan urushning oldini olish ham mumkin bo‘lardi», — dedi Stoltenberg.

«Qizil chiziqlar»ni bekor qilish chaqirig‘i

Kecha Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ham Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasidagi «qizil chiziqlar»ni bekor qilishga chaqirdi.

Frederiksenning ta’kidlashicha, Rossiya Yevropa bilan tinchlik o‘rnatishni xohlamaydi. U faqat kuch tilini tushunadi va cheklovlar mavjud bo‘lgan sharoitda urushda g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

«Hozir ham Ukrainada qanday qurollardan foydalanish mumkinligi borasida "qizil chiziqlar" saqlanib qolmoqda. Bu boradagi muhokamalarimiz qariyb to‘rt yildan beri davom etyapti. Shunchaki qurolni orqalab yurish bilan urushda yutib bo‘lmaydi. Menimcha, biz Ukrainaga nima kerak bo‘lsa, barchasini berishimiz lozim.

Biz tarixni qayta yoza olmaymiz, lekin bir necha yil oldin Ukrainaga NATO a’zoligini berganimizda edi, biz hozir bu muammoni hal qilgan bo‘lar edik», — deya qo‘shimcha qildi Daniya hukumati rahbari.

Teglar

Mavzuga oid