
NATOning 2026 yilgi sammiti Anqarada bo‘lib o‘tadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara NATOning 2026 yili bo‘lib o‘tadigan hukumat rahbarlari sammitiga mezbonlik qilishini ma’lum qildi.

«NATOning Haagadagi sammitida biz uchun muhim qaror qabul qilindi. Turkiya 2026 yilning iyul oyida NATOning davlat va hukumat rahbarlari sammitiga mezbonlik qiladi», dedi Turkiya rahbari.
U, shuningdek, bu sammit alyans rahbarlarini bir joyga to‘plab, muhim qarorlar qabul qilish uchun sharoit yaratishini ta’kidladi.





