add

Neft narxi uchinchi kundirki pasaymoqda. AQSH va Yevropa esa hali ham kelisha olmayapti

22.07.2025 | 23:0032252

Neft bozoridagi beqarorlik tobora kuchaymoqda. AQSH va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo kelishuvlari bo‘yicha muzokaralar murakkablashgani iqtisodiy o‘sish sur’atlariga tahdid solmoqda. Bu esa yoqilg‘iga bo‘lgan talabni kamaytirshi mumkin, deb hisoblamoqda tahlilchilar.

Neft narxi uchinchi kundirki pasaymoqda. AQSH va Yevropa esa hali ham kelisha olmayapti
2025 yil 21 iyul, seshanba kuni Brent markali neft narxi uchinchi kun ketma-ket pasaydi va 68,72 dollarga tushdi. AQSHdagi West Texas Intermediate (WTI) nefti esa 0,9 foizga arzonlab, 66,60 dollardan savdoga chiqdi. Avgust oyi uchun mo‘ljallangan fyucherslar muddati yakunlanayotgani bois, sentyabr oyidagi faol shartnoma ham 0,7 foizga pasayib, 65,48 dollarni tashkil qildi. Tahlilchilarning fikricha, neft narxlarining uch kunlik uzluksiz pasayishi, asosan, AQSH va uning savdo hamkorlari o‘rtasidagi muzokaralar atrofida keskinlik ortgani bilan bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra, agar 1 avgustgacha kelishuvlarga erishilmasa, AQSH ma’muriyati 30 foizlik tariflar joriy etada. Yevropa Ittifoqi esa, o‘z navbatida, AQSHga nisbatan kengroq javob choralarini ko‘rib chiqmoqda. Yevropa diplomatlarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington bilan o‘zaro manfaatli kelishuvga erishish istiqbollari so‘nmoqda. Bozorda dollarning zaiflashishi neft narxi pasayishini biroz cheklagan. Chunki boshqa valyutalarda to‘lov qilayotgan xaridorlar uchun neft narxi nisbatan arzonroqqa tushmoqda.

Teglar

Mavzuga oid