add

Netanyahu Nyu-Yorkka boradi, bo‘lajak mer esa uni qo‘lga olishni rejalashtirmoqda

08.07.2025 | 21:4010802

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Nyu-Yorkka borishni rejalashtirmoqda. AQSH Demokratik partiyasidan shahar meri lavozimiga nomzod Zoxran Mamdaniy Xalqaro jinoiy sud (XJS) chiqargan orderga tayangan holda, uni hibsga olishga va’da bergan.

Netanyahu Nyu-Yorkka boradi, bo‘lajak mer esa uni qo‘lga olishni rejalashtirmoqda
«Men Nyu-Yorkka prezident Tramp bilan birga boraman», – dedi Netanyahu Mamdaniyning bayonotiga javoban. Donald Tramp Isroil rahbarini qo‘llab-quvvatladi. Oq uy rahbariga ko‘ra, saylovda g‘alaba qozonish mustaqil qarorlar qabul qilish huquqini anglatmaydi. «Baribir unga pul kerak bo‘ladi. Hammasi Oq uy orqali amalga oshadi. Shuning uchun u o‘zini aqlli tutishi kerak, aks holda muammolar paydo bo‘ladi», – dedi Amerika rahbari. 2024 yildagi teledasturlardan birida Mamdaniy agar mer bo‘lganida, Netanyahuni hibsga olgan bo‘lar edim, deb aytgan. AQSH XJS a’zosi emasligi haqidagi eslatmalarga javoban Mamdaniy federal darajada yetishmayotgan yetakchilikni mahalliy darajada ko‘rsatish muhimligini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid

Netanyahu Nyu-Yorkka boradi, bo‘lajak mer esa uni qo‘lga olishni rejalashtirmoqda | Vaqt.uz