
Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkanadi
29.08.2025 | 21:503342
1 sentyabr kuni AQSH va Kanada chegarasida joylashgan dunyoga mashhur Niagara sharsharasi O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi sharafiga respublika milliy bayrog‘i ranglariga burkanadi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan eng mashhur sayyohlik joylaridan biri bo‘lgan Niagara sharsharasi Markaziy Osiyo respublikalarining davlat bayroqlari ranglarida yoritiladi.
Bu haqidagi ma’lumot mashhur diqqatga sazovor joyning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
Shou 31 avgust kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi. Sharshara mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 1 sentyabr soat 7:30 da) ko‘k, oq va yashil ranglarga burkanadi. O‘zbekiston mustaqilligi sharafiga o‘tkaziladigan yoritish 15 daqiqa davom etadi.
Soat 22:30 dan 22:45 gacha Qirg‘iziston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yoritish qizil va sariq ranglarga o‘zgartiriladi.
Tadbir O‘zbekistonning Kanadadagi elchixonasi tomonidan diaspora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.





