Logo

Nizomiy universitetining Toshkentdagi asosiy kampusi sotuvga qo‘yildi

Bugun 11:411 daqiqa

Chilonzor tumanida joylashgan 5,6 gektarlik hududning boshlang‘ich narxi 886,6 milliard so‘m etib belgilandi. Universitet esa Yangi Toshkentda qurilayotgan yangi kampusga ko‘chiriladi.

Nizomiy universitetining Toshkentdagi asosiy kampusi sotuvga qo‘yildi © E-auksion

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetining asosiy kampusini xususiylashtirish uchun auksionga chiqardi.

E-auksion platformasida joylashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, obyekt Bunyodkor shohko‘chasi va Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida, «Chilonzor» metro bekati yaqinida joylashgan.

Lot tarkibiga umumiy maydoni 5,64 gektar bo‘lgan yer uchastkasi hamda 25,8 ming kvadrat metr maydonni egallagan to‘rt qavatli o‘quv binosi, sport zali va boshqa yordamchi inshootlar kiritilgan. Obyekt suv, elektr energiyasi, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan.

Aktivning boshlang‘ich bahosi 886,6 mlrd so‘m etib belgilangan. Auksion savdolari 20-iyul kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur obyekt 2025 yil bahorida qabul qilingan xususiylashtirish dasturi doirasida sotuvga chiqarilmoqda. Ayni vaqtda Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yangi kampusga ko‘chishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Teglar

Mavzuga oid