add

Nobel mukofoti sohibini topa olmayaptilar

07.10.2025 | 21:406624

Bu safar fizika bo‘yicha Nobel mukofoti immun tizimni «tormozlaydigan» T-hujayralarni (Treg) kashf etgan olimlarga berildi..

Nobel mukofoti sohibini topa olmayaptilar
Nobel qo‘mitasi 2025 yilgi fiziologiya va tibbiyot sohasidagi mukofotning uch sovrindoridan biri, Fred Ramsdell bilan bog‘lana olmadi. U gadjetlardan voz kechib, «sivilizatsiyadan uzoqda yaxshiroq hayot kechirmoqda». Bu haqda AFP agentligiga Sonoma Biotherapeutics laboratoriyasining hammuassisi va Ramsdellning do‘sti Jeffri Blyustoun ma’lum qildi. Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari 6 oktyabr kuni e’lon qilindi. Ramsdell Meri E. Brunkou va Shimon Sakaguchi bilan birgalikda mukofotga sazovor bo‘ldi. Biroq, Nobel qo‘mitasi Ramsdell bilan bog‘lanib, mukofot haqida xabar berishning iloji bo‘lmadi. Buning sababi, amerikalik immunolog hozirda AQSH bo‘ylab sayohat qilayotgani hamda gadjetlardan voz kechib, «raqamli detoksikatsiya» bilan shug‘ullanayotganidir. «Men u bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdim. Menimcha, u hozir Aydaho chekka hududlarining qayeridadir», - deya Blyustoun AFP agentligiga ma’lum qildi. Nobel qo‘mitasi, shuningdek, AQSHning g‘arbiy sohilida istiqomat qiluvchi va Stokgolmdan to‘qqiz soat orqada bo‘lgan vaqt mintaqasida joylashgan Meri E. Brunkou bilan aloqa o‘rnatishda qiyinchiliklarga duch keldi. Bu yil fiziologiya va tibbiyot sohasidagi Nobel mukofoti periferik immun tolerantlik bo‘yicha fundamental kashfiyotlar uchun topshirildi. Sovrindorlar immunitet tizimining asosiy himoyachilari - organizmning o‘z to‘qimalariga immunitet hujayralarining hujum qilishini oldini oluvchi regulyator T-hujayralarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Seshanba kuni Nobel qo‘mitasi fizika bo‘yicha, 8 oktyabrda kimyo bo‘yicha, 9 oktyabrda adabiyot bo‘yicha, 10 oktyabrda esa tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlarini e’lon qiladi. Iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel xotira mukofoti 13 oktyabr kuni topshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid

Nobel mukofoti sohibini topa olmayaptilar | Vaqt.uz