Octobank bankomatlarini yangilaydi
Octobank o‘z bankomatlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha yangi loyihaga kirishdi. Bu borada bank Litvaning Penki kontinentai kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi BS/2 bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Kelishuv 28–29 may kunlari Toshkentda o‘tgan PLUS forumi doirasida imzolandi. Octobank nomidan hujjatni Chakana savdo blogi rahbari Rustam Rafikov, BS/2 nomidan esa kompaniya bosh direktori Idrakas Dadashov imzoladi. Hamkorlik uch yil davomida amalga oshiriladi.
Yangi bankomatlar: ko‘proq funksiya, ko‘proq qulaylik
Hamkorlik doirasida Octobank bankomatlari to‘liq yangilanadi. Ularda faqat pul tarqatish emas, pul qabul qilish funksiyasi ham bo‘ladi. Mijozlar bankomat orqali:
Bu tizim xizmat ko‘rsatishni barqaror va uzluksiz qilib, bank uchun ham, mijoz uchun ham qulaylik yaratadi. Yangi bankomatlarda elektron qulflar va bir martalik parollar orqali kirish imkoniyati joriy etiladi. Bu qurilmalarni noqonuniy ishlatishdan himoya qiladi. Shuningdek, BS/2 kompaniyasi tomonidan kiberxavfsizlikka oid yechimlar ham tatbiq etiladi.
- hisob raqamlarini to‘ldiradi,
- turli xizmatlarga to‘lov qiladi,
- valyuta ayirboshlaydi.
- Qurilmalardagi pul miqdori nazorat qilinadi,
- Qaysi bankomatda pul yetishmayotgani ma’lum bo‘ladi,
- Texnik xizmat ko‘rsatish samaralilashadi.

Reklama