Logo

Octobank jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari berishni boshladi

Kecha 18:551 daqiqa

Birlamchi va ikkilamchi bozorda uy-joyni yillik 20%dan boshlab xarid qilish mumkin

Octobank jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari berishni boshladi

Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka kreditlash dasturlarini ishga tushirdi.

Ipotekaga yangi qurilgan uylardagi xonadonlar va ikkilamchi bozordagi uy-joylarni sotib olish mumkin.

Asosiy shartlari:

  • kredit muddati — 10 yilgacha;

  • boshlang‘ich to‘lov — 20%dan;

  • foiz stavkasi — boshlang‘ich to‘lov 20%dan 49%gacha bo‘lganda yillik 22%;

  • foiz stavkasi — boshlang‘ich to‘lov 50%dan boshlansa yillik 20%.

Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari va bankning korporativ mijozlari xodimlari uchun 2026 yil 31-dekabrgacha yillik 18%dan boshlanadigan aksiya stavkasi amal qiladi.

«Aksariyat mijozlar uchun shaxsiy uy-joyga ega bo‘lish — hayotdagi eng muhim voqealardan biridir. Bizning vazifamiz — bu yo‘lni yanada qulay va osonroq qilishdir. Aynan shuning uchun Octobank ipoteka dasturi mijozlarning turli ehtiyojlarini hisobga oladi va eng maqbul moliyalashtirish shartlarini tanlash imkonini beradi», — deb ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.

Ipoteka uchun onlayn ariza topshirish mumkin.

Shuningdek, bank mutaxassislari ushbu telefon raqami orqali eng maqbul kreditlash shartlarini tanlashda yordam berishadi: +998 71 202 33 33.

Teglar

Mavzuga oid