add

Odam savdosiga qarshi jazo yanada kuchaytirildi

O‘zbekistonda Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangiliklarga ko‘ra, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo choralari keskin oshirildi.

Odam savdosiga qarshi jazo yanada kuchaytirildi
2025 yil 19 may kuni qabul qilingan qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, qalbaki hujjatlardan foydalanib, jabrlanuvchining shaxsiy hujjatlarini yashirish, yo‘q qilish yoki olib qo‘yish bilan bog‘liq hollarda ozodlikdan mahrum qilish muddati 5 yildan 10 yilgacha etib belgilandi. Ilgari bu kabi jinoyatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi tayinlangan edi. Shuningdek, agar odam savdosi oqibatida jabrlanuvchi halok bo‘lsa yoki boshqa og‘ir oqibatlar yuzaga kelsa, aybdor 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Ilgari bu holatlarda 8 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi belgilangan edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab amalga kirdi. Mazkur choralar odam savdosining oldini olish va jinoyatchilarga nisbatan keskin munosabatni kuchaytirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid