add

Olimlar qon tahlili orqali depressiyani aniqlash usulini ishlab chiqdilar

26.05.2025 | 19:0034943

Olimlar qon tahlili orqali depressiyani aniqlash usulini ishlab chiqdilar
Kanadaning Makgill universiteti olimlari qon tahlili asosida o‘smirlarda depressiyani erta bosqichda aniqlash imkonini beradigan ilg‘or laboratoriya usulini yaratdilar. Tadqiqot davomida qondagi to‘qqizta maxsus molekula — mikroRNK miqdori yuqorilashi bilan depressiyaning rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi. Bu usul orqali bemorlarda hali depressiya alomatlari to‘liq namoyon bo‘lmasdan avval, uning rivojlanishini bashorat qilish imkoni paydo bo‘ldi. Olimlarning aytishicha, katta yoshdagi bemorlarda mazkur molekulalarning miqdori o‘zgarmagani, bu jarayon faqat o‘smirlarga xos bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qon namunalari tadqiqot davomida maxsus ravishda quritilib va muzlatilib saqlangan. Ushbu usulning texnik jihatdan osonligi va samaradorligi uni klinik amaliyotga joriy etish imkonini oshiradi. Qondan mikroRNKni ajratib olish va tahlil qilish orqali molekulyar o‘zgarishlar kuzatiladi. Tadqiqot mualliflaridan biri Alisa Morgunovaning ta’kidlashicha, ushbu usul ruhiy holatdagi o‘zgarishlarning biologik belgilari orqali erta tashxis qo‘yishda yangi imkoniyatlar yaratib beradi. Tadqiqotchilar endilikda bu natijalarni kengroq o‘smirlar guruhida sinovdan o‘tkazishni hamda mikroRNK molekulalari bilan genetik va tashqi omillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlarini chuqurroq o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid