
Oliy ta’limda xalqaro akkreditatsiya va reyting — «Taʼlim vaqti»
Dasturning ushbu sonida O‘zbekiston universitetlari uchun xalqaro akkreditatsiya va reytingning ahamiyati, Yevropa va AQSH modellari, sifat madaniyati va strategik yo‘nalishlar, xatolar, amaliy maslahatlar va universitetlarning xalqaro obro‘sini oshirish uchun samarali yo‘llar ochiq va tahliliy fikr-mulohaza qilingan.
Hukumat tomonidan oliy ta’lim muassasalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shunga ko‘ra universitetlarda xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, bu ishlar mohiyatan nima maqsadga qaratilmoqda? Xalqaro akkreditatsiya universitetlarga sertifikat uchun kerakmi? Xalqaro akkreditatsiya uchun tayyorgarlik nimadan boshlanishi kerak?
Yuqoridagi dolzarb savollarga javoblarni «Ta’lim vaqti»ning navbatdagi podkasitida ekspertlarning ochiq, xolis va tahliliy fikr-mulohazalari orqali olish mumkin.
O‘zbekistonda oliy ta’limda xalqaro akkreditatsiyaning ahamiyati ortib bormoqda. Bu podkastda universitetlar uchun xalqaro standartlarni joriy qilishning manfaati, turli akkreditatsiya modellari (Yevropa va AQSH), hamda sifat madaniyati va strategik yo‘nalishlar muhokama qilingan.
Suhbat davomida milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga tayyorligi, xususiy universitetlar uchun akkreditatsiyaning strategik ahamiyati, hamda universitetlar tomonidan uchraydigan eng ko‘p xatolar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, Yevropa va AQSH akkreditatsiyasini bir vaqtda olish imkoniyatlari va mamlakatda sifat madaniyatini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Podkast ta’lim sohasi mutaxassislari, universitet rahbarlari va oliy ta’limda sifat va xalqaro standartlar bo‘yicha bilim olmoqchi bo‘lgan har bir shaxs uchun foydali ma’lumotlar taqdim etadi. Shu bilan birga, xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta’minlash haqida amaliy maslahatlar, tajribalar va eng samarali strategiyalar tinglanadi.
Bu suhbat oliy ta’limda xalqaro standartlar, strategik yo‘nalishlar va universitetlar rivoji haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Ta’limda sifat va global standartlarni tushunish, xatolardan qochish va universitetning xalqaro obro‘sini oshirish uchun bu podkastni ko‘rish muhim hisoblanadi.
O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan yagona podkast — «Ta’lim Vaqti» navbatdagi sonida ilk bor «Oliy ta’limda xalqaro akkreditatsiya va reyting» mavzusini keng va chuqur yoritib beradi.




