
Olmaota aeroportida o‘zbekistonlik sumkasida «atom bombasi» borligini aytdi
05.09.2025 | 23:0040852
2 sentyabr kuni Qozog‘istonda ro‘y bergan voqeada 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida bagajida atom bomba borligini aytgan.

Olmaota aeroportida 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosi sumkasida «atom bombasi» borligini aytib hazillashdi va ma’muriy jarvobgarlikka tortildi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.
«O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshli fuqarosi hazil tariqasida o‘z yukida «atom bombasi» borligini aytib, jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzgan.
Chet el fuqarosi mayda bezorilik uchun javobgarlikka tortilib, unga 78 640 tenge (1 mln 800 mingdan oshiqroq) miqdorida jarima belgilangan», - deya xabar berdi mamlakat politsiyasi.
Qo‘shimcha qilinishicha, transportda vaziyatni izdan chiqarish yoki odamlarni qo‘rqitishga qaratilgan har qanday harakat jiddiy tahdid sifatida baholanadi va aybdorlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.





