
OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha yangi imkoniyat ishga tushdi
Yangi funksiya bank, sug‘urta va telekommunikatsiya kompaniyalarining shaxsiy ma’lumotlarga kirishini cheklash yoki ruxsat berish imkonini beradi.
© Foto: OneIDRaqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida OneID tizimida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi.
Endi OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni boshqa tizimlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) taqdim etish yoki cheklash imkoniyati mavjud.
Buning uchun:
• Komputer orqali id.egov.uz saytiga o‘ting;
• Tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni bajaring;
• ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida tizimga kiring;
• «Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limida xizmatni faollashtiring;
• Kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping.
Agar OneID tizimiga QR-kod orqali kirish usuli tanlasansa, «Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limi avtomatik faollashadi:
• Mobil qurilmada GooglePlay yoki AppStore orqali OneID ilovasini yuklab oling;
• Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor avtorizatsiyadan o‘ting;
• Ilovaning quyi qismidagi skanerlash tugmasini bosing va komputer ekranidagi QR-kodni skanerlang.
Xabarga ko‘ra, ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usulidir.





