add

«Open budget»ning targ‘ibot bosqichi boshlandi

19.08.2025 | 20:2033372

19 avgustdan «Ochiq byudjet» portalida «Tashabbusli byudjet»ning 2025 yilgi 2-mavsumi bo‘yicha targ‘ibot bosqichi start oldi.

«Open budget»ning targ‘ibot bosqichi boshlandi
Bugun, 19 avgust kunidan «Ochiq byudjet» portalida «Tashabbusli byudjet»ning 2025 yilgi 2-mavsumida targ‘ibot bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, 2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan 22 ming 623 ta taklif kelib tushgan hamda 18 ming 656 ta taklif saralash bosqichidan o‘tkazilgan. Saralashdan o‘tgan loyihalar uchun 19-21 avgust kunlari «Tashabbusli byudjet» loyihasining 2-mavsumi doirasida 3 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. Bunda tashabbuskorlar saralashdan o‘tgan loyihalarni targ‘ib qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik ko‘radi. Ma’lumot uchun, bu yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid