add

«Oppenheimer» Andijonda 1,2 mlrd dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi

AQSHning «Oppenheimer» investitsiya kompaniyasi Andijon viloyatida qiymati jami 1,2 mlrd dollarlik uchta yirik loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Oppenheimer» Andijonda 1,2 mlrd dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi
Ma’lumotga ko‘ra, hokim Shuxrat Abduraxmonov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda «Oppenheimer» boshqaruvchi direktori Jon Tonelli bilan muzokaralar o‘tkazgan. Suhbat chog‘ida Andijonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik investitsiya loyihalari muhokama qilingan. Op 1 Shulardan biri — qiymati 180 mln dollar bo‘lgan to‘qimachilik sanoati zonasi bo‘lib, u yerda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar qurilishi rejalashtirilgan. Op 2 Ikkinchi yirik tashabbus — Xonobod shahrida sun’iy ko‘l barpo etish. Loyiha qiymati 20 mln dollarni tashkil qiladi va uning asosiy maqsadi hududni mahalliy hamda xorijiy sayyohlar uchun jozibali markazga aylantirishdir. Op 3 Eng katta loyiha esa «Yangi Andijon» shaharsozlik dasturi bo‘lib, uning umumiy qiymati 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Yangi shaharda bog‘cha, maktab, universitet, muzey, kutubxona va IT-parkni o‘z ichiga olgan zamonaviy ta’lim klasteri qurilishi rejalashtirilgan. Op 4 «Oppenheimer» mazkur tashabbuslarning moliyalashtirish jarayonlarida ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. Avvalroq, kompaniya Toshkent va boshqa hududlarda ham qator sanoat va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlarini e’lon qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid