
Osiyoda koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi
Xitoyda aniqlangan NB.1.81 shtammi Hongkong va bir qator Osiyo davlatlari orqali AQSHga ham tarqalmoqda. Mutaxassislar shtammning yuqish tezligiga e’tibor qaratishmoqda.

«The New York Post» nashri xabariga ko‘ra, virus avval mart oyi boshida Xitoyda qayd etilgan. Hozirda NB.1.81 Hongkong va Osiyoning boshqa hududlari bilan birga, Nyu York va AQSHning boshqa shtatlarida ham tarqalgan holda kuzatilmoqda.
Gonkongda ayniqsa keksa yoshlilar orasida o‘lim holatlari qayd etilgan. Xitoyda esa kasalxonalarga murojaat qiluvchilar soni ikki barobarga oshgani aytilayapti. Bu epidemiologlar uchun jiddiy signal sifatida baholanmoqda.
Shu bilan birga, NB.1.81 haqida hozircha to‘liq ilmiy ma’lumotlar yo‘q. Virus yuqishi oson, biroq uning simptomlari va ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda.
Mutasaddilar aholini hushyor bo‘lishga, gigiyena qoidalariga rioya etishga va zarur hollarda niqob taqib yurishga chaqirmoqda. Yaqin haftalarda bu shtammning global xavf darajasi aniqroq baholanishi kutilmoqda.





