add

Otabek Umarov nomidan sportchilarga feyk xabarlar yuborilmoqda

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Otabek Umarov nomidan bir qator sportchilar hamda sport hamjamiyati vakillariga feyk xabarlar yuborilayotganini ma’lum qildi.

Otabek Umarov nomidan sportchilarga feyk xabarlar yuborilmoqda © Foto: olympic.uz

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan bir qator taniqli sportchilar hamda sport hamjamiyati vakillariga feyk xabarlar yuborilmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

«Ushbu xabarlar feyk akkauntlar tomonidan tarqatilmoqda va bu firibgarlikka urinish hisoblanadi», - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbek sportiga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy axborot resurslari yoki federatsiya hamda assotsiatsiyalar orqali e’lon qilinadi.

«Shu munosabat bilan bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik hamda shubhali akkauntlarni zudlik bilan bloklab, ularga nisbatan shikoyat yuborishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid