add

OTMlarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi aytildi

22.08.2025 | 22:3030393

O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026 o‘quv yilining boshlanish sanalarini e’lon qildi.

OTMlarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi aytildi
Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3 sentyabrdan, yuqori kurslarga 8 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xaba berdi. Qayd etilishicha, vazirning tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlangan. Unga ko‘ra, akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari dars jarayonlarini 2025 yil 3 sentyabrdan boshlaydi, 2 va undan yuqori kurs talabalari esa 8 sentyabrdan o‘qishga boradi. Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etiladi. Haftalik doirasida️ talabalarni oliy ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash amalga oshiriladi. Shuningdek, talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkaziladi.

Teglar

Mavzuga oid

OTMlarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi aytildi | Vaqt.uz