add

Ozarbayjon rus jurnalistlarini qamoqqa tashladi

01.07.2025 | 22:2037712

Ozarbayjonda «Sputnik Ozarbayjon» axborot agentligi rahbarlari bo‘lgan rossiyalik jurnalistlar — Igor Kartavix va Yevgeniy Belousov hibsga olindi.

Ozarbayjon rus jurnalistlarini qamoqqa tashladi
Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan operatsiya natijasida qo‘lga olingan «Sputnik Ozarbayjon» direktori Igor Kartavix va uning o‘rinbosari Yevgeniy Belousovga nisbatan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, Bokudagi Xatay sudi Igor Kartavix va Yevgeniy Belousovni 4 oyga hibsga olgan. Ular politsiya tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlik, noqonuniy tadbirkorlik va jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari bo‘yicha qo‘lga olingan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa Ozarbayjon elchisi Rahmon Mustafoyevga «rossiyalik jurnalistlarni zudlik bilan ozod qilish talab qilingan» og‘zaki nota topshirgan.

Teglar

Mavzuga oid