Ozarbayjonda kichik va o‘rta biznes uchun yagona moliyaviy platforma yaratiladi

Bugun 19:581 daqiqa

Ozarbayjon hukumati kichik va o‘rta biznes subyektlarining moliyaviy resurslarga yetib borishini osonlashtirish maqsadida yagona raqamli moliyaviy platforma ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Ozarbayjonda kichik va o‘rta biznes uchun yagona moliyaviy platforma yaratiladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan tasdiqlangan «2027–2030 yillarda moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish davlat dasturi» doirasida mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatda kichik va o‘rta biznes subyektlarini vakolatli kredit tashkilotlari bilan bog‘laydigan hamda imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish imkonini yaratadigan yagona platforma ishlab chiqiladi. Bu tizim tadbirkorlar uchun davlat moliyaviy dasturlariga murojaat qilish jarayonini soddalashtirishi kutilmoqda.

Loyihaning asosiy ijrochisi

Loyihaning asosiy ijrochisi sifatida Ozarbayjon innovatsiyalar va raqamli rivojlanish agentligi belgilangan. Shuningdek, jarayonga Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Ipoteka va kredit-kafolat jamg‘armasi jalb etiladi. Ozarbayjon Markaziy banki esa tashabbus bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Dasturni amalga oshirish 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan. Ilk bosqichda moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga oid xalqaro tajribalar o‘rganiladi va yagona platformaning prototipi ishlab chiqiladi.

Yakuniy bosqichda esa davlatning barcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini birlashtiruvchi to‘liq funksional raqamli platforma ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Rasmiylar bu orqali tadbirkorlarning moliya resurslariga kirish imkoniyati sezilarli darajada yaxshilanishini kutmoqda.

Teglar

Mavzuga oid