add

O‘zbekiston aholisi 38 million kishiga yetdi

28.08.2025 | 10:0032972

28 avgust kuni mamlakat aholisi 38 million nafarga yetdi, ularning yarmidan ko‘prog‘i erkaklardan iborat.

O‘zbekiston aholisi 38 million kishiga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 28 avgust soat 9:35 holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million kishini tashkil etdi. Bu aholi sonidagi yangi tarixiy belgi sifatida qayd etildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, aholi tarkibining 19 million 136 ming 800 nafari erkaklar bo‘lsa, 18 million 863 ming 200 nafari ayollardir. Shunga ko‘ra, mamlakatda erkaklar soni ayollarga nisbatan 273 ming 600 nafarga ko‘p ekani qayd etildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholi o‘sish sur’ati yuqori saqlanmoqda. Mutasaddilarning qayd etishicha, aholi sonidagi barqaror o‘sish mehnat bozori, ijtimoiy infratuzilma va iqtisodiy siyosatda yanada keng qamrovli choralar talab etadi. Mamlakat aholisi 2020 yilda 34 milliondan oshib, 2022 yilda 36 millionga yaqinlashgan, 2024 yilda esa 37 milliondan oshgan edi. 2025 yilda 38 millionlik ko‘rsatkichning qayd etilishi demografik bosim ortib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Teglar

Mavzuga oid