O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik: savdo ham oshdi, narxlar ham
13.08.2025 | 18:153979
O‘tgan yildan buyon avtomobil bozori faolligi barcha segmentlarda eng yuqori darajaga chiqdi. Sotuvchilarning aksariyati buni tasdiqlashmoqda, biroq asosiy sabab avtokreditlar, monopoliya va dollar kursidagi o‘zgarish ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yilning iyul oyida mashina bozorida savdolar keskin darajada oshgani ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 116 ming 800 dan ortiq mashina sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan oyga nisbatan 27 foizga ko‘p. Solishtirish uchun: Bu 2024 yil yanvaridagi eng yuqori ko‘rsatkich (144 ming 500 dona)dan so‘ng ikkinchi rekord natija.
[caption id="attachment_12958" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: CERR[/caption]
Yengil avtomobil bozorida holat qanday?
Iyul oyida yengil avtomobillar bozori jonlandi — savdo hajmi o‘tgan oyga nisbatan 25 foiz oshib, qariyb 100 ming donaga yetdi. Bu esa iste’molchilar faolligi qayta tiklanganini va talabning hududlar bo‘yicha keng tarqalganini anglatadi.
Eng katta o‘sish Toshkentda (51 foiz), Namanganda (49 foiz) va Xorazmda (40 foiz) qayd etildi.
Iyun oyida savdo faqat 3 foizga ko‘payganini inobatga olsak, iyuldagi o‘sish sur’ati ancha yuqori bo‘ldi.
Birlamchi avtomobillar bozorida nima gap?
Yangi yengil mashinalar bozorida ham faollik sezilarli darajada tezlashdi — bozor hajmi 38 foizdan oshib, 38,5 mingga yaqin mashina sotildi. Eng katta ulushni mahalliy avtomobillar egalladi.
[caption id="attachment_12959" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Vaqt.uz[/caption]
Ma’lumot uchun, dastlabki yarim yillikda O‘zbekistonda eng ko‘p «Cobalt» (73 ming 102 dona) ishlab chiqarilgan. Undan keyin «Damas» — 45 ming 992 dona va «Tracker» — 22 ming 847 dona tayyorlangan.
Ikkilamchi bozor jonlandi
Iyul oyida ikkilamchi yengil avtomobillar segmenti kutilmagan darajada faollashdi. Savdo hajmi 61,5 ming donaga yetib, iyunga nisbatan 18 foiz oshdi.
Solishtirish uchun, iyun oyida mayga qaraganda 0,4 foiz pasayish kuzatilgan edi.
[caption id="attachment_12960" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: CERR[/caption]
Elektromobillar sotuvi ham rekordga chiqdi
May oyida yengil elektromobillar savdosi 1,7 foizga pasaygan, biroq iyulda avvalgi oylarga nisbatan 28 foizdan oshdi. Aniqrog‘i, joriy yil hisobida rekord darajada 6,5 ming dona elektromobil sotildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dastlabki yarim yillikda jami 446 mingta yangi avtomobil sotilgani haqida xabar berilgan edi. Biroq bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga qaraganda 23 foizga kam bo‘lgan.
Sotuvchilar nima deydi?
Vaqt.uz jurnalisti real holatni aniqlashtirish maqsadida Sergelidagi avtomobil bozoriga bordi. U yerda 30 dan ortiq sotuvchi bilan muloqot davomida turli fikrlar bildirildi.
Sotuvchilarning, aksariyati, bozorda faollik ortgani tasdiqlashdi. Biroq bu naqdga emas, balki avtokredit hisobiga ekanligini aytishmoqda. «Kelayotgan odamlarning 70-80 foizi bank orqali avtokredit qilib mashina olyapti», — deydi sotuvchi. Boshqalar ham buni ma’qullashmoqda.
Bundan tashqari, bozorda asosan Gentra va Cobalt oluvchilar soni sezilarli ortgan. Shu bilan birga, 2 oyda Cobalt narxi o‘rtacha 300-400 dollar atrofida, Gentra narxi esa 500 dollarga oshganligini aytishdi. Sentyabr oyiga kelib, ayni paytda ishlab chiqarishdan olingan Chevrolet Gentra narxlari 18 ming dollarga chiqishi kutilyapti. Bunga sabab uning soni kamayib, odamlarda talab ortgani.
Elektromobilga ham talab yuqori
«Nisbatan oluvchilar soni ko‘paygan. Odamlar sekin-sekin elektromobillarga o‘rganishyapti. Narxlarga kelsak, BYD va shunaqa boshqa elektromobillar narxi 1000-3000 dollargacha ko‘tarilgan», — deydi elektromobil sotuvchisi.
Bunga sabab nima?
Bozorda faollik nega birdan oshgani haqida sotuvchilarning fikrlarni so‘radik. Ularning ta’kidlashicha, bunga chetdan kiradigan mashinalarga cheklov qo‘yilgani, dollar kursining tushishi, arzimagan pul bilan to‘lab yuborish maqsadida avtokredit oluvchilar hajmi ortgani bilan bog‘lashmoqda.
Bundan tashqari, muddatli to‘lovga xarid qilmoqchi bo‘lganlar soni ham keskin ortgan. E’tiborlisi, mashina xarid qiluvchilar soni ortgani bilan uni oxirgacha to‘lay oladiganlar ko‘pchilikni tashkil qilmayapti.
«Odamlar telefonning puliga mashina olaman deb minusga kirib ketishyapti. Ko‘pchilik darrov to‘lab yuboraman, o‘zi oy-oy arzimas pulga tushar ekan deb oladi, lekin to‘lolmasdan 700-800 dollargacha minusga kirib ketyapti», — deydi sotuvchilardan biri.
Xulosa qilganda, bozorda faollik sezilarli darajada oshgan. Buning asosiy sababi avtokreditlar, monopoliya va dollar kursidagi tushishlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.