O‘zbekiston BAAga chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi

Bugun 20:551 daqiqa

Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistondan chorvachilik mahsulotlarini import qilishga ruxsat berdi va veterinariya sertifikatlari bo‘yicha kelishuv yakunlandi.

O‘zbekiston BAAga chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi

Eksport uchun rasmiy ruxsat berildi

O‘zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklariga chorvachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, BAAning Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi O‘zbekistondan bir qator chorvachilik mahsulotlarini import qilish uchun zarur bo‘lgan veterinariya-sanitariya sertifikatlari namunalarini ikki tomonlama kelishib olganligini tasdiqlagan.

Qanday mahsulotlar eksport qilinadi?

Kelishuv doirasida inkubatsion tuxum, bir kunlik jo‘jalar, iste’mol tuxumi, parranda go‘shti hamda quyon go‘shtini eksport qilishga ruxsat berildi.

Qayd etilishicha, mazkur sertifikatlar mahsulotning import qiluvchi mamlakat sanitariya talablariga to‘liq mos kelishini tasdiqlaydi.

Shuningdek, kelishilgan namuna hujjatlari tovarlarning BAA bojxonasidan o‘tishi uchun majburiy talab hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston BAAga chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi | Vaqt.uz