add

O‘zbekiston bank aktivlari 863 trln so‘mga yetdi

02.10.2025 | 12:1038924

2025 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, umumiy aktivlar 863,1 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga ko‘p bo‘lib, inflyatsiya hisobga olinganda real o‘sish 19 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston bank aktivlari 863 trln so‘mga yetdi
Markaziy bank axborotiga ko‘ra, banklar tomonidan berilgan kreditlar hajmi 581,1 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz ko‘p. Real o‘sish 15 foizni tashkil qildi. Shunga qo‘shimcha ravishda, aholi va korxonalarning depozitlari 363,7 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich 28 foiz nominal, 29 foiz real o‘sishni namoyon etdi. Sektorning jami kapitali 128,8 trln so‘mga yetgan bo‘lib, yil davomida 21 foizga oshgani qayd etildi. Bu esa bank tizimi barqarorligini ta’minlaydigan muhim omil sifatida baholanmoqda. Eng yirik ulush davlatga qarashli tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning umumiy ulushi 65 foizni tashkil etmoqda. Aktivlar bo‘yicha yetakchi banklar qatorida Milliy bank — 143,96 trln so‘m bilan birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Agrobank (100,51 trln so‘m), Sanooat-qurilish bank (97,03 trln so‘m), Asakabank (60,15 trln so‘m) va Kapitalbank (52,28 trln so‘m) qayd etilgan. Kreditlar hajmi bo‘yicha ham Milliy bank — 105,6 trln so‘m bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Agrobank (75,94 trln so‘m), Sanoat-qurilish bank (67,99 trln so‘m), Asakabank (40,5 trln so‘m) va Ipoteka bank (35,64 trln so‘m) yirik ko‘rsatkichlarga ega. Depozitlar bo‘yicha esa Milliy bank (48,41 trln so‘m), Kapitalbank (40,05 trln so‘m) va Agrobank (26,81 trln so‘m) kuchli uchlikka kirgan. Kapital darajasi bo‘yicha yetakchilar ham shu banklar hisoblanib, Milliy bank — 19,35 trln so‘m bilan birinchi o‘rinda. Undan keyin Agrobank (13,72 trln so‘m), Sanoat-qurilish bank (11,2 trln so‘m), Xalq bank (10,12 trln so‘m) va Ipoteka bank (7,13 trln so‘m) qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid