O‘zbekiston Eronga ikkinchi insonparvarlik yordamini yubordi

15 ta yuk mashinasiga ortilgan farmatsevtika va tibbiy buyumlar Eron Qizil Yarim oy jamiyatiga topshiriladi.

O‘zbekiston Eronga ikkinchi insonparvarlik yordamini yubordi © PressTV

O‘zbekiston Eronga 15 ta yuk mashinasidan iborat ikkinchi gumanitar yordam karvonini yubordi. Bu haqda «PressTV» xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Eron bilan hamjihatlik kampaniyasi doirasida yuborilgan ikkinchi kolonna – 15 ta yuk mashinasida farmatsevtika va tibbiy buyumlar ortib, Dargoz quruqlik chegarasi orqali mamlakat hududiga kirgan. Bildirilishicha, yordam Eron Qizil Yarim oy jamiyatiga topshiriladi.

Birinchi kolonna
 
O‘zbekiston hukumati joriy yil 16-mart kuni ham Eron aholisi uchun insonparvarlik yordamini yuborgandi. O‘shanda yordam yuki tarkibiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari — un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i va turli konservalar kiritilgan edi. Shuningdek, insonparvarlik yukida dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlar ham bor edi.

Teglar

Mavzuga oid