add

O‘zbekiston harbiylari xalqaro merganlar musobaqasida birinchi o‘rinni oldi

18.09.2025 | 13:4525873

Janubiy Koreyaning Geonggi provinsiyasida o‘tkazilgan xalqaro merganlar musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston harbiylari xalqaro merganlar musobaqasida birinchi o‘rinni oldi
II Xalqaro merganlar musobaqasi 8–15 sentyabr kunlari Gvangju shahrida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda O‘zbekiston bilan birga Janubiy Koreya, AQSH, Germaniya, Ruminiya, BAA, Tailand, Vetnam, Qatar va Mo‘g‘ulistondan jami 54 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa shartlari kunduzgi va tungi maxsus taktik mashqlarni o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar shahar, tog‘ va o‘rmon sharoitida turli masofadagi nishonlarga pistolet, avtomat va merganlik qurollaridan aniq o‘q otishda raqobatlashdi. Jamoalar mahorati jismoniy va ruhiy bosim ostida aniqlikka erishish, noqulay sharoitda harakatlanish, taktik tibbiyotdan foydalanish kabi mezonlar asosida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: O‘zbekiston jamoasi 539,5 ball Vetnam 534,7 ball; AQSH 519 ballni qo‘lga kiritdi. Mudofaa vazirligi ma’lumoticha, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2024 yilda o‘tkazilgan birinchi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni olgan edi. Shuningdek, shu yilning may oyida Turkiyaning Isparta shahrida 15 davlat ishtirok etgan bellashuvda ham O‘zbekiston jamoasi oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid