add

O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish tezlashishida qo‘shnilardan ortda qoldi

06.08.2025 | 17:3012723

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston YAIM o‘sishi 0,6 foiz bandga tezlashgan, ammo bu Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan past natija.

O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish tezlashishida qo‘shnilardan ortda qoldi
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yil yanvar–iyun oylarida 7,2 foizga o‘sdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 foiz bandga yuqori ko‘rsatkich bo‘lsa-da, iqtisodiy o‘sish tezlashishi bo‘yicha mamlakat Markaziy Osiyodagi asosiy qo‘shnilaridan ortda qoldi. Markaziy Osiyoda eng yuqori o‘sish Qirg‘izistonda qayd etildi. Bu mamlakatda iqtisodiy o‘sish 3,6 foiz bandga tezlashib, 11,7 foizga yetdi. Qozog‘istonda o‘sish 3 foiz bandga oshib, 6,2 foizni tashkil qildi. Tojikistonda esa o‘sish sur’ati 1,9 foiz bandga tezlashib, 8,1 foizga yetdi. O‘zbekistonda esa o‘sish sur’ati 0,6 foiz bandga oshgani bilan qo‘shni mamlakatlar orasida eng past tezlashish ko‘rsatkichi qayd etildi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, bu holat mintaqadagi boshqa iqtisodiyotlar bilan solishtirganda o‘sish drayverlari unchalik kuchli emasligini ko‘rsatadi. Mirkomil Xolboyevga ko‘ra, mintaqada o‘sishning tezlashishi asosiy savdo hamda mehnat bozorlarida kutilganidan yaxshiroq iqtisodiy sharoitlar tufayli yuzaga kelgan. Shuningdek, pul o‘tkazmalarining yuqori o‘sishi, investitsiyalarning ko‘payishi va ayrim mamlakatlarda eksport tushumlarining kutilganidan yuqori bo‘lishi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirgan. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi barqaror o‘sish sa’y-harakatlariga qaramay, qo‘shni davlatlarda qayd etilgan tezlashish sur’atlari mamlakat uchun raqobatbardoshlikni yanada oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish tezlashishida qo‘shnilardan ortda qoldi | Vaqt.uz