O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha yana 3 davlat bilan kelishuvga erishdi
19.09.2025 | 09:0025073
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. So‘ngra Argentina, Avstraliya va Honduras bilan ikki tomonlama protokollar imzolandi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST) a’zo bo‘lish jarayonida muhim siljish kuzatildi — mamlakat Argentina, Avstraliya va Honduras bilan bozorga kirish bo‘yicha kelishuvlarga erishib, rasmiy protokollar imzoladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.
O‘runov ushbu kelishuvlarni O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga integratsiyasi yo‘lidagi xalqaro hamkorlik va qo‘llab-quvvatlashning aniq belgisi sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, yana ikki mamlakat bilan «prinsipial kelishuv»ga erishilgan, ammo hozircha ular noma’lum qolmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston 29 ta a’zo davlat bilan ikki tomonlama kelishuvlarni yakunlagan, yana 2 davlat bilan kelishuv hujjatlashtirilishi kutilmoqda. Yakuniy bosqichda 3 mamlakat qolmoqda. O‘runov buni «teskari hisob uchtaga kamaydi», deb yozdi.
18 sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jenevada JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. U respublikadagi islohotlar, JSTga qo‘shilishdagi muammolar va sheriklikning ahamiyati haqida ochiq muloqot bo‘lganini bildirdi.
Avvalroq O‘zbekiston 33 mamlakat bilan muzokaralar olib borgan, shundan 24 tasi muvaffaqiyatli yakunlangan edi. Maqsad — yil yakuniga qadar qolgan 9 davlat bilan ham kelishuvga erishish.
«Har bir imzo O‘zbekistonni JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lishga yaqinlashtirmoqda. Bu ahamiyatli bosqich — mamlakatimiz iqtisodiyoti, mintaqamiz va butun dunyodagi savdo hamkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi», — deb yozdi O‘runov.