add

O‘zbekiston milliy jamoasi «CAFA Nations Cup»ni durang bilan boshladi

31.08.2025 | 11:0033683

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentda o‘tgan ilk bahsi O‘monga qarshi 1:1 hisobida yakunlandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi «CAFA Nations Cup»ni durang bilan boshladi
30 avgust kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Millatlar kubogidagi ilk bahsini  yangi barpo etilgan «Olimpiya» stadionida o‘tkazdi. Uchrashuvda hisob dastlab mehmonlar tomonidan ochildi. 4-daqiqada Nasir Al-Ravahiyning zarbasi qaytarilganiga qaramay, u ikkinchi urinishda gol urdi. O‘zbekiston javobi esa 55-daqiqada keldi — Hojimat Erkinov chap qanotdan aniq zarba yo‘llab hisobni tenglashtirdi.   Uchrashuvda O‘zbekiston tarkibida xorijda to‘p surayotgan Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va Jaloliddin Masharipov qatnashmadi. Bosh murabbiy Timur Kapadze ular keyingi turlarda jamoaga qo‘shilishini ma’lum qilgan.   Musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, O‘mon, Qirg‘iziston va Turkmanistondan iborat guruh bahslari Toshkentda, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va Hindiston ishtirok etayotgan guruh o‘yinlari esa Dushanbe shahrida o‘tmoqda.   O‘zbekiston milliy jamoasi 2 sentyabr kuni Turkmanistonga, 5 sentyabr kuni esa Qirg‘izistonga qarshi bahs olib boradi. Har ikki guruh g‘oliblari 8 sentyabr kuni finalda to‘qnash keladi.

Teglar

Mavzuga oid