add

O‘zbekiston orqali Qozog‘iston gaz tranziti bir milliard metr kubga yaqinlashdi

2025 yilning yetti oyida O‘zbekiston hududi orqali Qozog‘iston gaz tranziti 921,7 million metr kubga yetdi. Shu bilan birga, ikki davlat elektr energetikasi va yirik infratuzilma loyihalarida hamkorlikni kuchaytirmoqda.

O‘zbekiston orqali Qozog‘iston gaz tranziti bir milliard metr kubga yaqinlashdi
Joriy yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston hududi orqali Qozog‘iston gaz tranziti 921,7 million metr kubni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Qozog‘iston orqali rus gazini yetkazib berish hajmi ham ortib bormoqda, bu ko‘rsatkich 2026 yilga borib 11 milliard metr kubga yetishi rejalashtirilgan. Qozog‘iston tomoni qo‘shni mamlakatga neft tranziti va yetkazib berishni ham ta’minlashga tayyorligini tasdiqlagan. Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov va O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi Baxtiyor Ibrohimov ikki tomonlama «Yo‘l xaritalari» bajarilishi va barcha qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilgan. Akkenjenovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bilan sheriklik strategik ahamiyatga ega bo‘lib, qo‘shma loyihalar mintaqadagi energiya tizimlarini mustahkamlaydi va barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston orqali Qozog‘iston gaz tranziti bir milliard metr kubga yaqinlashdi | Vaqt.uz