add

O‘zbekiston prezidenti Bryusselga boradi

17.10.2025 | 20:0026413

Tez orada O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitim imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Bryusselga boradi
O‘zbekiston prezidenti joriy yilning 24 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini (KSHB) imzolash uchun Bryusselga tashrif buyuradi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi. Qayd etilishicha, mazkur bitim siyosiy, savdo va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilab, munosabatlarni mustahkamlaydi hamda islohotlar va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu keng qamrovli bitim siyosiy muloqot, savdo, xavfsizlik va barqaror rivojlanish kabi beshta strategik yo‘nalish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikni belgilab beradi. Nashrga ko‘ra, kelishuv tomonlarning islohotlarni davom ettirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va global hamkorlikka sodiqligini tasdiqlaydi. Shuningdek, u joriy yilning noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo investitsiya forumi kabi keyingi tashabbuslar uchun zamin yaratadi. «Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim yoki EPCA O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarda tarixiy bosqichni belgilaydi. U 1996 yilgi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning o‘rnini bosadi va mamlakatimiz shundan buyon siyosiy, iqtisodiy va institutsional jihatdan qanchalik oldinga siljiganini aks ettiradi», - deya izoh berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Teglar

Mavzuga oid