add

O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab ilk bor yuk tashildi

O‘zbek milliy tashuvchisi tomonidan 4500 km masofa 8 kunda bosib o‘tilgan.

O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab ilk bor yuk tashildi
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘zbek tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish, avtomobil transportida yangi koridorlarda yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Transport vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston” koridori bo‘ylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil etgan. «Murakkab relefli Oltoy tog‘lari bo‘ylab o‘tgan mazkur koridor ayrim qismlari dengiz sathidan 1500 metr balandlikkacha ko‘tariladi. O‘zbek milliy tashuvchisi tomonidan 4500 km masofa 8 kunda bosib o‘tildi», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid