add

O‘zbekiston Serbiyada o‘zining birinchi elchisini tayinladi

O‘zbekiston Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov bir vaqtning o‘zida Serbiyadagi birinchi elchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Uning tayinlanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Serbiyada o‘zining birinchi elchisini tayinladi
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik korpusi yana bir davlatda rasman faoliyat boshladi. Vengriyadagi elchi Oybek Shaxavdinov endilikda bir vaqtning o‘zida Serbiyada ham elchi sifatida ish boshladi. U shu paytgacha Sloveniya, Xorvatiya va Chernogoriyada ham o‘rindoshlik asosida elchilik vazifasini bajarib kelayotgandi. «Dunyo» axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Belgradda o‘tgan uchrashuv chog‘ida Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi diplomatik protokol bo‘limi rahbari Branko Radovanovich bilan muzokara o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Serbiya rasmiylari O‘zbekistonning ushbu davlatda doimiy diplomatik vakili tayinlashini katta qadam sifatida baholadi. Ularga ko‘ra, bu qadam ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo, investitsiya, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga zamin yaratadi. Serbiya tomoni mazkur tayinlovni olqishlab, O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. Shaxavdinov o‘z navbatida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga intilishini ta’kidladi. O‘zbekistonning Serbiyada elchilik ochishi — diplomatik aloqalarni chuqurlashtirish va xalqaro maydonda faol ishtirok etishga qaratilgan yana bir strategik qadam sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid