O‘zbekiston U-17 terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Sergey Chigodayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida «E» guruhida raqiblariga qarshi bahs olib boradi.
© ЎФАO‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari 2026-yilgi Jahon chempionatida o‘z raqiblarini bilib oldi. Marosim Shveysariyaning Syurix shahrida o‘tkazilgan qur’a tashlash jarayonida aniqlandi. Musobaqa 19-noyabrdan 13-dekabrgacha Qatarning «Espayr» akademiya maydonlarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi «E» guruhida Italiya, Kot-d’Ivuar va Yamaykaga qarshi bahs olib boradi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, boshqa guruhlar quyidagicha shakllandi:
«A»: Qatar, Misr, Panama, Gretsiya
«B»: Janubiy Koreya, Ekvador, Yangi Kalendon, Afrika pley‑off g‘olibi
«C»: Argentina, Avstraliya, Daniya, Afrika pley‑off g‘olibi
«D»: Fransiya, Saudiya Arabistoni, Gaiti, Urugvay
«F»: Senegal, Xorvatiya, Tojikiston, Kuba
«G»: Mali, Belgiya, Yangi Zelandiya, Vietnam
«H»: Ispaniya, Fiji, Marokash, Xitoy
«I»: Braziliya, Irlandiya, Kosta-Rika, Tanzaniya
«J»: AQSH, Chili, Chernogoriya, Jazoir
«K»: Meksika, Kamerun, Venesuela, Ruminiya
«L»: Yaponiya, Kolumbiya, Gonduras, Serbiya
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilgi Jahon chempionatida Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi chorak finalgacha yetib, Italiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni yo‘qotgan edi. O‘shandagi qizil kartochka uchun diskvalifikatsiyalangan Asilbek Aliyev 2026-yilgi Osiyo Kubogining yarim finalida maydonga qaytgan.


